DokumentatsiyaReactReconciliation’ning ichki ishlashi

Reconciliation’ning ichki ishlash mexanizmi

React’ni to’liq tushunish uchun uning funksiyalari nima ish qilishini bilishimiz kerak. Shu vaqtgacha biz JSX va React.createElement haqida tushunchaga ega bo’ldik. Shuningdek, virtual DOM haqida ham ma’lum darajada batafsil tushundik. Endi, ushbu bobda uning React’da amaliy qo’llanilishlarini o’rganamiz va ReactDOM.createRoot(element).render() nima ish qilishini tushunib olamiz. Aniqroq aytganda, biz React virtual DOM’ni qanday qurishi va real DOM’ni yangilashi jarayonini, ya’ni reconciliation (moslashtirish) deb ataladigan jarayonni o’rganamiz.