Open Graph Generator

Havolangiz Telegramda yoki X'da ulashilganda qanday ko'rinishini shu yerda ko'ring va og: hamda twitter: taglarini tayyor holda oling. Yozganlaringiz hech qayerga yuborilmaydi; rasm esa o'lchamini bilish uchun faqat brauzeringizda ochiladi.

Ma'lumotlar

0 / 60
0 / 160

To'liq manzil bo'lishi shart — https:// bilan boshlanadi. Nisbiy yo'l (/og.png) ishlamaydi.

Ulashish kartasi

Platforma
Rasm yo'q

manzil yo'q

Sarlavha kiritilmagan

Tavsif kiritilmagan

Telegram sarlavhadan taxminan 90 ta, tavsifdan 200 ta belgini ko'rsatadi — qolgani qirqiladi.

Tekshiruv

  • Sarlavha yo'q. Usiz platformalar sahifadagi birinchi mos matnni oladi va bu odatda kerakli matn bo'lmaydi.
  • Tavsif yo'q. Kartada sarlavha ostidagi qator bo'sh qoladi.
  • Rasm yo'q. Rasmsiz karta ikki barobar kichik ko'rinadi va kam bosiladi.
  • Sahifa manzili yo'q. og:url kartadagi havola va kanonik manzil sifatida ishlatiladi.
  • Karta turi «katta rasm», lekin rasm yo'q. Bu holda X kartani kichik shaklda ko'rsatadi.

Natija

3 ta tag
Shakl
<!-- Open Graph -->
<meta property="og:type" content="website" />
<meta property="og:locale" content="uz_UZ" />

<!-- Twitter -->
<meta name="twitter:card" content="summary_large_image" />

Har bir platforma nimani ko'rsatadi

Open Graph — sahifangizni ulashganda qanday ko'rinishini o'zingiz hal qilish usuli. Tagsiz qolsa, platforma sahifadan o'zi biror matn va rasm tanlaydi. Quyidagi raqamlar — matn qirqiladigan taxminiy chegaralar; ular qat'iy qoida emas, lekin sarlavhani shunga qarab yozgan ma'qul.

PlatformaSarlavhaTavsifIzoh
Telegram~90 belgi~200 belgiog: taglarini o'qiydi, twitter: ni emas. O'zbek auditoriyasi uchun eng muhimi.
X (Twitter)~70 belgi~125 belgitwitter: bo'lmasa og: dan oladi. summary_large_image uchun rasm shart.
Facebook~88 belgi~110 belgiFaqat og: taglarini o'qiydi. Keshni Sharing Debugger orqali yangilash mumkin.
LinkedIn~120 belgi~130 belgiog: taglarini o'qiydi va keshni uzoq saqlaydi — Post Inspector orqali yangilanadi.
WhatsApp~65 belgi~120 belgiFaqat og: taglarini o'qiydi va rasmni kichik qilib ko'rsatadi. Rasm 300 KB dan katta bo'lsa umuman ko'rsatmasligi mumkin.
Slack~120 belgi~200 belgiog: taglarini o'qiydi. Ish suhbatlarida havola ulashilsa — eng ko'p shu ko'rinadi.
Discord~90 belgi~180 belgiog: taglarini o'qiydi va tavsifni boshqalarga qaraganda uzunroq ko'rsatadi.

Rasm o'lchami

1200 × 630 — barcha katta kartalar shu nisbatga (1.91:1) moslangan. Tomoni 200 pikseldan kichik rasm umuman ko'rsatilmaydi. Rasm manzili albatta to'liq bo'lishi kerak: nisbiy yo'l ulashish kartasida rasm ko'rinmasligining eng ko'p uchraydigan sababi.

Nega o'zgarish ko'rinmayapti

Platformalar birinchi marta o'qigan taglarini keshlaydi — Facebook va LinkedIn uzoq muddatga. Taglarni to'g'rilaganingizdan keyin ham eski karta ko'rinaversa, bu odatda xato emas: Facebook Sharing Debugger yoki LinkedIn Post Inspector'da manzilni qayta tekshirtiring.

Ko'p so'raladigan savollar

Open Graph nima va u menga kerakmi?

Open Graph — sahifangiz ijtimoiy tarmoqda ulashilganda qaysi sarlavha, tavsif va rasm ko'rinishini belgilaydigan meta taglar to'plami. Ularsiz platforma sahifadan o'zi biror matn va rasm tanlaydi, natijada kartada menyu matni yoki tasodifiy rasm chiqishi mumkin. Havolangiz Telegramda yoki ijtimoiy tarmoqda tarqaladigan bo'lsa — kerak.

Taglarni yangiladim, lekin karta eski holicha. Nega?

Bu deyarli har doim kesh. Platformalar sahifani birinchi marta o'qiganda natijani saqlab qo'yadi: Facebook va LinkedIn ancha uzoq saqlaydi, Telegram esa o'z serverida. Yechim — Facebook Sharing Debugger yoki LinkedIn Post Inspector'da manzilni qayta tekshirtirish. Telegramda odatda manzilga ?v=2 kabi qo'shimcha bilan tekshirib ko'riladi.

og:image uchun qanday rasm kerak?

1200 × 630 piksel, ya'ni 1.91:1 nisbat — barcha katta kartalar shunga moslangan. Tomoni 200 pikseldan kichik rasmni platformalar umuman ko'rsatmaydi. Eng muhimi: manzil to'liq bo'lsin. /og.png kabi nisbiy yo'l ishlamaydi, chunki krauler uni o'z domenidan qidiradi — bu rasm ko'rinmasligining birinchi sababi. Bu vosita rasmingizni brauzeringizda ochib, haqiqiy o'lchamini o'lchaydi.

og: taglari bo'lsa, twitter: taglari ham kerakmi?

Ko'p hollarda yo'q. X sarlavha, tavsif va rasmni topa olmasa og: taglaridan oladi, shuning uchun ularni takrorlash faqat ikki joyda sinxron saqlash kerak bo'lgan matn qo'shadi. Haqiqatan kerak bo'ladigani — twitter:card (karta katta yoki kichik ko'rinishi) va hisobingizni ko'rsatuvchi twitter:site. Shuning uchun bu vosita aynan shu ikkitasini yozadi.

Next.js loyihamda bu taglarni qayerga qo'yaman?

App Router'da meta taglar qo'lda yozilmaydi — page.tsx yoki layout.tsx faylidan metadata obyektini eksport qilasiz, Next esa taglarni o'zi chiqaradi. «Next.js» shaklini tanlasangiz, natija aynan shu obyekt ko'rinishida beriladi va uni faylga ko'chirib qo'yish kifoya. Pages Router yoki oddiy HTML sayt uchun «HTML» shaklini oling va sahifaning head bo'limiga joylashtiring.