Lotin-Kirill va Yangi alifbo O'giruvchi — brauzer kengaytmasi
Saytga qaytmang. Istalgan sahifada matnni belgilang va o'sha yerning o'zida lotin, kirill yoki 2027-yilgi yangi alifboga o'giring.
Ikkalasi ham bepul. Chrome do'koni Edge, Brave, Opera va Vivaldi'da ham ishlaydi.
Natija shunday chiqadi
Lotin
Toshkent shahridagi bogʻlar va togʻ manzaralari — juda chiroyli.
Kirill
Тошкент шаҳридаги боғлар ва тоғ манзаралари — жуда чиройли.
Yangi lotin
Toşkent şahridagi boğlar va toğ manzaralari — juda çiroyli.
Nima qiladi
Belgilang va o'giring
Istalgan saytda matnni belgilang — yonida tugma chiqadi. O'ng tugma menyusida ham bor.
Yangi alifbo (2027)
sh → ş, ch → ç, g' → ğ, o' → ö. Popup'da «Yangi lotin»ni tanlang — sahifadagi panel va Ctrl + Shift + L ham shu alifboda ishlaydi.
Ctrl + Shift + L
Belgilangan matnni o'girib, darhol nusxalaydi. macOS'da ⌘ + Shift + L.
Matn brauzerdan chiqmaydi
O'girish qurilmangizning o'zida bajariladi. Hech qanday serverga so'rov yuborilmaydi.
Uch qadamda
- 1
Brauzeringizning do'konidan o'rnating — hisob kerak emas.
- 2
Istalgan sahifada o'girmoqchi bo'lgan matnni belgilang.
- 3
Chiqqan tugmani bosing yoki Ctrl + Shift + L bosing. Natija nusxalanadi.
O'rnatmoqchi emasmisiz?
Onlayn o'giruvchi hech narsa o'rnatmasdan ishlaydi — va u TXT, PDF hamda DOCX fayllarni ham o'giradi, buni kengaytma qilmaydi.
Onlayn o'giruvchiga o'tishSavollar
Pullikmi?
Yo'q. Bepul, reklamasiz, hisob talab qilinmaydi.
Yangi alifboga (ş, ç, ğ, ö) o'giradimi?
Ha. Popup'da «Yangi lotin»ni tanlang: lotin yoki kirill yozuvidagi matn 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradigan yangi alifboga o'giriladi. Tanlov eslab qolinadi, shuning uchun sahifadagi panel va Ctrl + Shift + L ham shu alifboda ishlaydi.
Qaysi brauzerlarda ishlaydi?
Chrome, Edge, Brave, Opera va Vivaldi — Chrome do'konidan o'rnatiladi. Firefox uchun alohida versiyasi bor.
Internetsiz ishlaydimi?
Ha. O'girish qoidalari kengaytmaning ichida, u tarmoqqa umuman murojaat qilmaydi.
Matnim qayerga boradi?
Hech qayerga. Kengaytma hech qanday serverga so'rov yubormaydi va yozganingizni saqlamaydi.
Word yoki PDF faylni o'giradimi?
Kengaytma yo'q — u sahifadagi matn uchun. Fayllarni saytdagi onlayn o'giruvchi o'giradi: TXT, PDF va DOCX.