Lotin-Kirill O'giruvchi
O'zbek matnini lotinchadan kirillchaga va aksincha, shuningdek yangi alifboga (ş, ç, ğ, ö) o'giring. O'girish brauzeringizda bajariladi.
Kirill natija
Natija shu yerda ko'rinadi.
Lotin-kirill dasturini brauzerga o'rnating
Har safar bu sahifaga qaytmang — istalgan saytda matnni belgilang va o'sha yerning o'zida o'giring.
- Belgilangan matn yonida tugma chiqadi
- Yangi alifbo (ş, ç, ğ, ö) ham
- ⌘/Ctrl + Shift + L — darhol nusxalash
- Matn brauzeringizdan chiqmaydi
Ikkalasi ham bepul. Chrome do'koni Edge, Brave va Opera brauzerlarida ham ishlaydi. Batafsil →
Boshqa foydali vositalar
- Yangi Alifboga O'girishMatnni 2027-yilgi yangi lotin alifbosiga o'giring: ş, ç, ğ, ö
- Summani So'z Bilan YozishRaqamni o'zbekcha so'z bilan yozing — lotin va kirill yozuvida
- Rang O'giruvchiHEX, RGB, HSL formatlar orasida rang konvertatsiyasi
- JSON FormatlashJSON ma'lumotlarni formatlash va tasdiqlash vositasi
O'zbek lotin va kirill alifbosi jadvali
O'zbek lotin alifbosining 29 harfi va ularning kirillcha muqobili. Bir xil o'qilmaydigan qatorlar izohlangan.
2027-yil 22-apreldan alifbo o'zgaradi: G' → Ğ, O' → Ö, Sh → Ş, Ch → Ç. Matnni yangi alifboga o'girish uchun yuqoridan «Yangi lotin»ni tanlang. Yangi alifbo: harflar va qonun haqida batafsil →
| A a | А а | |
| B b | Б б | |
| D d | Д д | |
| E e | Э э / Е е | So'z boshida — Э, so'z ichida — Е |
| F f | Ф ф | |
| G g | Г г | |
| H h | Ҳ ҳ | H — ҳ, X — х. Kirillchada bular boshqa-boshqa harf |
| I i | И и | |
| J j | Ж ж | |
| K k | К к | |
| L l | Л л | |
| M m | М м | |
| N n | Н н | |
| O o | О о | |
| P p | П п | |
| Q q | Қ қ | |
| R r | Р р | |
| S s | С с | |
| T t | Т т | |
| U u | У у | |
| V v | В в | |
| X x | Х х | H — ҳ, X — х. Kirillchada bular boshqa-boshqa harf |
| Y y | Й й | |
| Z z | З з | |
| O' o' | Ў ў | |
| G' g' | Ғ ғ | |
| Sh sh | Ш ш | Ikki harf, bitta tovush |
| Ch ch | Ч ч | Ikki harf, bitta tovush |
| Ng ng | Нг нг | |
| ' | Ъ ъ | Tutuq belgisi: san'at → санъат |
Qo'shma harflar
| Ya ya | Я я | |
| Yo yo | Ё ё | |
| Yu yu | Ю ю | |
| Ye ye | Е е | |
| Ts ts | Ц ц | Ц faqat o'zlashgan so'zlarda: informatsiya → информация. «Ketsin» kabi so'zlarda esa alohida т + с |
Ko'p so'raladigan savollar
O'giruvchidan qanday foydalanaman?
Matnni chap oynaga qo'ying — natija o'ng tomonda darhol paydo bo'ladi, tugma bosish shart emas. Yo'nalish avtomatik aniqlanadi; kerak bo'lsa «Avto» o'rniga kerakli yo'nalishni tanlang.
Yangi alifboga (ş, ç, ğ, ö) ham o'giradimi?
Ha. Yuqoridan «Yangi lotin»ni tanlang: lotin yoki kirill yozuvidagi matn 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradigan yangi alifboga o'giriladi — sh → ş, ch → ç, g' → ğ, o' → ö. «Lotin» esa yangi alifbodagi matnni 1995-yilgi lotin alifbosiga qaytaradi. «Avto» faqat lotin va kirill o'rtasida o'giradi: yangi alifboni o'zingiz tanlaysiz.
Bepulmi? Ro'yxatdan o'tish kerakmi?
Ha, butunlay bepul va ro'yxatdan o'tishsiz. Cheklov yo'q.
O'girish qanchalik aniq?
O'giruvchi o'zbek imlosining murakkab qoidalarini hisobga oladi: sh + ch chegarasi (ishchi → ишчи), tutuq belgisi (san'at → санъат), -tsiya qo'shimchasi (informatsiya → информация) va so'z boshidagi e → э. Havolalar, elektron pochta, kod va texnik atamalar o'girilmay saqlanadi. Shunga qaramay, kamdan-kam uchraydigan xorijiy nomlarni tekshirib chiqishni tavsiya qilamiz.
Word yoki PDF faylni o'gira olamanmi?
Ha — Word (DOCX), PDF va TXT. Faylni sahifaning istalgan joyiga tashlang yoki «Fayl» tugmasini bosing. Natijani Word (DOCX) yoki TXT ko'rinishida yuklab olasiz. Fayl hajmi 10 MB gacha.
Matnim qayerga boradi?
O'girish brauzeringizda bajariladi — matn ham, yuklangan fayl ham bizning serverimizga yuborilmaydi. Biroq noto'g'ri o'girilgan so'zlarni topish uchun Yandex Metrica shu sahifadagi kiritish va natija maydonlarini sessiya yozuvlarida yozib oladi. Shaxsiy yoki maxfiy matnni bu yerga qo'ymang. Batafsil — maxfiylik siyosatida.
Nega ba'zi so'zlar o'girilmay qoladi?
Havolalar, elektron pochta manzillari, fayl nomlari, kod bo'laklari va React yoki GitHub kabi mahsulot nomlari ataylab o'zgarishsiz qoldiriladi — ular kirillchada ma'nosini yo'qotadi.