Nega React paydo bo'ldi?

React'ning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan asosiy omil – bu veb sahifalarning yangilanishi. Ilgari veb sahifalar asosan statik bo'lgan. Biz unda formalarni to'ldirardik, "Yuborish"(Submit) tugmasini bosardik, va butunlay yangi sahifani yuklardik. Bu usul ma'lum muddat yaxshi ishladi, lekin vaqt o'tishi bilan foydalanuvchilarning talablari o'zgarib, yangi imkoniyatlarni paydo bo'lishiga turtki bo'ldi.

Paydo bo'lishiga asosiy sabablar

Endilikda biz yangi sahifalarni darhol yangilanishini, yangi sahifani kutmasdan natijalarni ko'rishni, veb sahifalarni yanada "jonli" va tezkor bo'lishini xohlaymiz. Bu esa o'z navbatida User experience(UX, foydalanuvchi bilan ishlash qulayligi) va User interface(UI, foydalanuvchi interfeysi)’ni yanada takomillashtirilishga sabab bo'ldi. Biroq, bu tezkor yangilanishlarni birdaniga keng ko'lamda amalga oshirish bir necha sabablarga ko'ra oson emas edi:

  • Performance(Ishlash samaradorligi): Veb sahifalarini yangilash jarayonida ko'pincha ishlashda qiyinchilikka olib kelardi. Sababi, bizning o'zgarishlarimiz brauzerni sahifa layout(tartibi)’ini qayta hisoblash (reflow deb ataladigan jarayon) va qayta chizish(repaint)ga majbur qilardi, bu esa kechikishlarga olib kelardi.
  • Ishonchlilik: Katta va murakkab sahifalarda state'ni izchil saqlab qolish qiyin edi. Bir nechta joyda state'ni kuzatib borish va ularning barchasini sinxronlashtirish oson emas edi, ayniqsa, bir nechta dasturchilar bir kod bazasida ishlayotgan bo'lsalar.
  • Xavfsizlik: Sahifaga kiritilayotgan HTML va JavaScript kodlarini xavfsiz qilish, cross-site scripting(XSS) va cross-site request forgery(CSRF) kabi xavflarni oldini olish har doim dolzarb masala edi.

React aynan mana shu muammolarni hal qilish uchun yaratilgan. Ushbu muammolarni yaxshiroq tushunish va React'ning qanday qilib ularni hal qilishini anglash uchun, React'ning paydo bo'lishi va uni yaratishga olib kelgan omillarni bilishimiz kerak. Keling, React paydo bo'lishidan oldingi jarayonni o'rganishga kirishamiz.

React asoslari

React'ga kirish va uning paydo bo'lish tarixi

Bu bo'limda nima o'rganasiz

Ushbu bo'limda React'ning paydo bo'lish tarixini, undan oldingi texnologiyalarni va React'ning qanday yechim ekanligini o'rganamiz.

Mavzular:

  1. Reactdan oldingi davr - Veb-rivojlantirishning qadimgi davrlari
  2. jQuery - DOM manipulyatsiyasi uchun mashhur kutubxona
  3. Backbone - Birinchi SPA freymvorklaridan biri
  4. Knockout - Data binding kontsepsiyasi
  5. Angular - Google'dan to'liq freymvork
  6. Reactga kirish - Facebook'dan yangi yondashuv
  7. React taklif qiladigan qiymati - React'ning afzalliklari
  8. Reactning ommaga chiqishi - Open source bo'lishi
  9. Flux arxitekturasi - Uni state management patterni
  10. Xulosa - Bo'lim xulosasi

Boshlash

Chap tomondagi navigatsiyadan birinchi mavzuni tanlang yoki "Keyingi" tugmasini bosing.

Eslatma: Bu bo'limni tushunish keyingi bo'limlar uchun muhim asos bo'ladi.