Tiplar, Qiymatlar va O‘zgaruvchilar

Kompyuter dasturlari 3.14 soni yoki “Hello World” matni kabi qiymatlar ustida amallar bajarish orqali ishlaydi. Dasturlash tilida ifodalanishi va boshqarilishi mumkin bo‘lgan qiymatlarning turlari tiplar deb nomlanadi va dasturlash tilining eng fundamental xususiyatlaridan biri bu u qo‘llab-quvvatlaydigan tiplar majmuidir. Dastur kelajakda foydalanish uchun biror qiymatni saqlab qolishi kerak bo‘lganda, u qiymatni o‘zgaruvchiga tayinlaydi (yoki qiymatni unda “saqlaydi”). O‘zgaruvchilar nomlarga ega va ular dasturlarimizda o‘sha nomlar orqali qiymatlarga murojaat qilishga imkon beradi. O‘zgaruvchilarning ishlash tartibi ham har qanday dasturlash tilining yana bir fundamental xususiyatidir. Ushbu bob JavaScript’dagi tiplar, qiymatlar va o‘zgaruvchilarni tushuntiradi. U umumiy tanishuv va bir nechta ta’riflar bilan boshlanadi.