So'zboshi

Ushbu kitob JavaScript tilini hamda veb-brauzerlar va Node tomonidan implementatsiya qilingan JavaScript API'larini qamrab oladi. Men uni ma'lum bir dasturlash tajribasiga ega bo'lib, JavaScript'ni o'rganishni istagan o'quvchilar uchun ham, JavaScript'dan allaqachon foydalanadigan, lekin o'z tushunchalarini yangi bosqichga olib chiqishni va tilni haqiqatan ham mukammal o'zlashtirishni xohlagan dasturchilar uchun ham yozdim.

Bu kitob bilan mening maqsadim — JavaScript tilini har tomonlama va uzil-kesil hujjatlashtirish hamda JavaScript dasturlari uchun mavjud bo'lgan eng muhim klient tomoni va server tomoni API'lariga chuqur kirish qismini taqdim etishdir. Natijada, bu uzun va batafsil kitobga aylandi. Umid qilamanki, bu kitobni sinchkovlik bilan o'qib chiqish uchun arziydi va siz uni o'qishga sarflagan vaqtingiz dasturlash unumdorligingizning oshirishiga o'z hissasini qo'shadi.

Ushbu kitobning oldingi nashrlarida keng qamrovli ma'lumotnoma bo'limlari kelardi. Endi men bu materialni bosma shaklda kiritishning ma'nosi bor deb o'ylamayman, chunki eng so'nggi ma'lumotnoma materiallarini onlaynda shunchalik tez va oson topish mumkin. Agar sizga JavaScript yadrosi yoki klient tomoniga oid biror narsani qidirish kerak bo'lsa, men sizga MDN veb-saytiga tashrif buyurishni tavsiya qilaman. Server tomonidagi Node API'lari uchun esa, men to'g'ridan-to'g'ri manbaning o'ziga murojaat qilishni va Node.js ma'lumotnoma hujjatlaridan foydalanishni maslahat beraman.

Minnatdorchilik

Ushbu kitobning yaratilishida ko'plab insonlar yordam berishdi. Meni to'g'ri yo'lda ushlab turgani va o'tkazib yuborilgan muddatlarimga sabr qilgani uchun muharririm Angela Rufino'ga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shuningdek, texnik retsenzentlarim: Brian Sletten, Elisabeth Robson, Ethan Flanagan, Maximiliano Firtman, Sarah Wachs va Schalk Neethling'ga ham tashakkur. Ularning fikr-mulohazalari va takliflari bu kitobni yanada yaxshiroq qildi.

O'Reilly'dagi ishlab chiqarish jamoasi o'zlarining odatiy ajoyib ishlarini qilishdi: Kristen Brown ishlab chiqarish jarayonini boshqardi, Deborah Baker ishlab chiqarish muharriri bo'ldi, Rebecca Demarest rasmlarni chizdi va Judy McConville indeksni yaratdi.

Ushbu kitobning oldingi nashrlarining muharrirlari, retsenzentlari va hissa qo'shganlar qatoriga quyidagilar kiradi: Andrew Schulman, Angelo Sirigos, Aristotle Pagaltzis, Brendan Eich, Christian Heilmann, Dan Shafer, Dave C. Mitchell, Deb Cameron, Douglas Crockford, Dr. Tankred Hirschmann, Dylan Schiemann, Frank Willison, Geoff Stearns, Herman Venter, Jay Hodges, Jeff Yates, Joseph Kesselman, Ken Cooper, Larry Sullivan, Lynn Rollins, Neil Berkman, Mike Loukides, Nick Thompson, Norris Boyd, Paula Ferguson, Peter-Paul Koch, Philippe Le Hegaret, Raffaele Cecco, Richard Yaker, Sanders Kleinfeld, Scott Furman, Scott Isaacs, Shon Katzenberger, Terry Allen, Todd Ditchendorf, Vidur Apparao, Waldemar Horwat va Zachary Kessin.

Ushbu yettinchi nashrni yozish meni ko'p kechalar oilamdan uzoqda ushlab turdi. Ularga bo'lgan muhabbatimni va yo'qligimga chidaganlari uchun minnatdorchiligimni izhor etaman.

Devid Flanagan, 2020-yil mart