Leksik struktura
Dasturlash tilining leksik strukturasi - bu sizning ushbu tilda dasturlarni qanday yozishingizni belgilaydigan elementar qoidalar majmuidir. Bu tilning eng quyi darajadagi sintaksisi bo'lib, u masalan, o'zgaruvchi nomlari qanday ko'rinishda bo'lishi, izohlar uchun ajratuvchi belgilar nimalardan iboratligi va bir dastur ko'rsatmasi (statement) keyingisidan qanday ajratilishini belgilaydi. Bu qisqa bob JavaScript’ning leksik strukturasini yoritib beradi. U quyidagilarni o'z ichiga olad:
- Katta-kichik harflarga sezgirlik, bo'shliqlar va qator uzilishlari
- Izohlar
- Literallar
- Identifikatorlar va zaxiralangan so'zlar
- Unicode
- Ixtiyoriy nuqta-vergullar