Xulosa
Ushbu bob JavaScript massivlarini chuqur yoritib berdi, jumladan, siyrak massivlar va massivsimon obyektlar haqidagi kam ma’lum bo'lgan tafsilotlarni ham qamrab oldi. Bu bobdan olinadigan asosiy xulosalar quyidagilardir:
- Massiv literallari kvadrat qavslar ichidagi vergul bilan ajratilgan qiymatlar ro'yxati sifatida yoziladi.
- Alohida massiv elementlariga kvadrat qavslar ichida kerakli massiv indeksini ko'rsatish orqali murojaat qilinadi.
- ES6'da kiritilgan
for/of
sikli va...
yoyish (spread
) operatori massivlarni iteratsiya qilishning juda foydali usullaridir. Array
klassi massivlarni boshqarish uchun boy metodlar to'plamini taqdim etadi va sizArray
API'si bilan yaxshilab tanishib chiqqaningizga ishonch hosil qilishingiz kerak.