JavaScript’ni tadqiq qilish

Yangi dasturlash tilini o'rganayotganda kitobdagi misollarni sinab ko'rish, keyin ularni o'zgartirish va tilni tushunganingizni tekshirish uchun yana qayta sinab ko'rish muhimdir. Buning uchun sizga JavaScript interpretatori kerak bo'ladi.

Brauzer konsoli orqali JavaScript’ni sinab ko'rish

JavaScript’ning bir necha qatorini sinab ko'rishning eng oson yo'li - veb-brauzeringizda dasturchi vositalarini (developer tools) ochish (buning uchun F12, Ctrl+Shift+I yoki Command+Option+I tugmalaridan foydalaning) va Konsol (Console) yorlig'ini tanlash. Shundan so‘ng, taklif satrida (prompt) kod yozishingiz va natijalarni darhol ko‘rib borishingiz mumkin. Brauzerning dasturchi vositalari dasturchi vositalari odatda brauzer oynasining pastki yoki o'ng qismida panel sifatida paydo bo'ladi, lekin odatda ularni alohida oynalar sifatida ajratib olish mumkin (1-1 rasmda ko'rsatilganidek), bu ko'pincha juda qulay hisoblanadi.

Firefox'ning dasturchi vositalaridagi JavaScript konsoli 1-1 rasm. Firefox'ning Dasturchi Vositalari’dagi JavaScript konsoli

Node orqali JavaScript’ni sinab ko'rish

JavaScript kodini sinab ko'rishning yana bir usuli - bu https://nodejs.org saytidan Node’ni yuklab olib o'rnatishdir. Node tizimingizga o'rnatilgandan so'ng, Terminal oynasini ochib, quyidagidek interaktiv JavaScript sessiyasini boshlash uchun shunchaki node deb yozishingiz mumkin: