Salom, Dunyo!
Uzunroq kod parchalarini sinab ko'rishga tayyor bo'lganingizda, qatorma-qator ishlaydigan interaktiv muhitlar endi mos kelmasligi mumkin va siz, kodingizni matn muharririda yozishni afzal ko'rasiz. U yerdan kodni JavaScript konsoliga yoki Node sessiyasiga nusxalab, joylashingiz mumkin. Yoki kodingizni faylga saqlashingiz (JavaScript kodi uchun an'anaviy fayl kengaytmasi - .js) va keyin o‘sha JavaScript kod faylini Node yordamida ishga tushirishingiz mumkin:
$ node snippet.js
Agar siz Node'ni bunday nointeraktiv rejimda ishlatsangiz, u siz yurgizgan barcha kodingizning qiymatini avtomatik chiqarmaydi, shuning uchun buni o'zingiz qilishingiz kerak bo'ladi. Terminal oynangizda yoki brauzerning dasturchi vositalari konsolida matn va boshqa JavaScript qiymatlarini ko'rsatish uchun console.log() funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Masalan, agar siz quyidagi kod qatorini o'z ichiga olgan hello.js faylini yaratsangiz:
console.log('Hello World!')
va faylni node hello.js buyrug'i bilan ishga tushirsangiz, ekranga "Hello World!" xabari chiqarilganini ko'rasiz.
Agar xuddi shu xabarni veb-brauzerning JavaScript konsolida chiqarilishini ko'rmoqchi bo'lsangiz, hello.html nomli yangi fayl yarating va unga quyidagi matnni joylashtiring:
<script src="hello.js"></script>
So'ngra, hello.html faylini brauzeringizda quyidagi kabi file:// URL orqali yuklang:
file:///Users/username/javascript/hello.html
Konsolda salomlashuvni ko'rish uchun dasturchi vositalari oynasini oching.