Obyekt yaratish ifodalari
Obyekt yaratish ifodasi yangi obyekt yaratadi va bu obyektning xossalarini initsializatsiya qilish uchun biror funksiyani (bu funksiya konstruktor deb ataladi) chaqiradi. Obyekt yaratish ifodalari chaqiruv ifodalariga o'xshaydi, faqat ulardan oldin new kalit so'zi keladi:
new Object() new Point(2,3)
Agar obyekt yaratish ifodasida konstruktor funksiyasiga hech qanday argument uzatilmasa, bo'sh qavslar juftligini tushirib qoldirish mumkin:
new Object new Date
Obyekt yaratish ifodasining qiymati yangi yaratilgan obyektning o'zi bo'ladi. Konstruktorlar 9-bobda batafsilroq tushuntirilgan.