Bularni barchasini “Unuting”
React Forget — bu React ilovalarida memoizatsiyani avtomatlashtirishga qaratilgan yangi vositalar to’plami bo’lib, ehtimol, bundan keyin useMemo
va useCallback
kabi hook’larni ishlatish ortiqcha bo’lib qolar. Memoizatsiyani avtomatik ravishda boshqarish orqali React Forget komponentlarning qayta render qilishini optimallashtiradi, foydalanuvchi bilan ishlash qulayligi(UX) va dasturchi bilan ishlash qulayligi(DX)ni yaxshilaydi. Ushbu avtomatlashtirish React’ning qayta render qilish xulq-atvorini obyekt identifikatori o’zgarishlaridan semantik qiymat o’zgarishlariga o’tkazadi, chuqur taqqoslashlarsiz, shunday qilib, ishlash samaradorligini oshiradi.
2021-yilda React Conf’da taqdim etilgan React Forget hozirda “production”da umuman mavjud emas, lekin Meta’da Facebook, Instagram va boshqa platformalarda ishlab chiqarishda foydalanilmoqda va ichki ko’rsatkichlarga ko’ra “kutilgan natijalardan-da a’lo”.