Concurrent renderingdagi muammolar
Concurrent(bir vaqtda) renderlash foydalanuvchilarning samarali va tezkor javob beruvchan interaktivligiga ruxsat etish bilan birga, dasturchilar uchun yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Asosiy muammo shundaki, yangilanishlarning qaysi tartibda ishlov berilishini tushunish qiyin, bu esa kutilmagan xatti-harakatlar va xatolarga olib kelishi mumkin.
Bunday xatolardan biri tearing (vizual nomuvofiqlik) deb nomlanadi, bunda UI bir tekis bo’lmagan holatga keladi, chunki yangilanishlarga tartibsiz ishlov beriladi. Bu xususan, komponent hali renderlash jarayonida bo’lganida ba’zi qiymatlar yangilansa, yuzaga kelishi mumkin. Natijada, ilovalar mos kelmaydigan ma’lumotlar bilan render qilinishi mumkin.
Keling, bu masalani yanada chuqurroq tushunib chiqaylik.
Tearing muammosi
Tearing bu xatolik bo’lib, u komponent ma’lum bir state’ga bog’liq bo’lganda, lekin shu vaqtda ilova hali renderlash jarayonida bo’lsa yuzaga keladi. Keling, bu xatoni tushunishlik uchun sinxron va concurrent renderlashni taqqoslab ko’raylik.
Sinxron dunyoda, React komponentlar daraxtini yuqoridan pastga birma-bir renderlashda davom etadi, bu esa ilovaning holati butun renderlash jarayonida izchil bo’lishini ta’minlaydi, chunki har bir komponent oxirgi holat bilan render qilinadi.
Ushbu misolni ko’rib chiqamiz:
import { useState, useSyncExternalStore, useTransition } from "react";
// Tashqi state
let count = 0;
setInterval(() => count++, 1);
export default function App() {
const [name, setName] = useState("");
const [isPending, startTransition] = useTransition();
const updateName = (newVal) => {
startTransition(() => {
setName(newVal);
return (
{isPending &&
Loading...
<ExpensiveComponent />
<ExpensiveComponent />
<ExpensiveComponent />
<ExpensiveComponent />
<ExpensiveComponent />
const ExpensiveComponent = () => {
const now = performance.now();
while (performance.now() - now < 100) {
// Biror narsa qilmay, shunchaki kutiladi
return <>Expensive count is {count}</>;
Tearing’ni sababi
Dasturimizning yuqori qismida bizda count
o’zgaruvchisi mavjud: bu o’zgaruvchini global darajada o’rnatib, setInterval
orqali React’ning render qilish siklidagina emas, balki tashqaridan doimiy yangilab turamiz. Shu tarzda, dastur ishlayotgan paytda yangilanishlar jarayonida tearing xatosini simulyatsiya qilishga erishamiz. Renderlash jarayoni bir vaqtning o’zida bajariladigan va to’xtatilishi mumkin bo’lgani sababli, ExpensiveComponent
bir necha xil count
qiymatlari bilan render qilinishi va foydalanuvchiga mos kelmaydigan ma’lumot ko’rsatilishi yoki tearing xatosi sodir bo’lishi mumkin.
ExpensiveComponent
ichida count
ning mos kelmaydigan qiymatlari paydo bo’lishini kutamiz, chunki React foydalanuvchi kiritmalariga javob berish uchun render qilish jarayonini “to’xtatib”, yanada dolzarb yangilanishga, masalan, matn kiritish maydonini yangilashga ustuvorlik beradi. Bu esa ba’zi holatlarda ExpensiveComponent
da count
ning eskirgan qiymatini qoldirishi mumkin.
Ushbu misolda matn kiritish maydoni va 5 ta ExpensiveComponent
ro’yxatini render qilamiz. Bu komponentlar ataylab memoizatsiya qilinmagan, chunki bu yerda ishlash samaradorligi muammolarini ko’rsatish uchun kerak. Tushuntirish maqsadida tearing muammosini aniqlash uchun bu muammolar muhimdir. Real hayotda siz ExpensiveComponent
ni React.memo
bilan o’rab qo’yishingiz mumkin, ammo bu yerda dasturdagi tearingni namoyish qilish uchun buni ataylab bajarmayapmiz.
ExpensiveComponent
render qilish uchun uzoq vaqt oladi va hisoblash jihatdan murakkab jarayonni simulyatsiya qiladi. ExpensiveComponent
shuningdek, har bir millisekundda yangilanadigan count
o’zgaruvchisining joriy qiymatini ko’rsatadi va bu qiymat tashqi store’dan, ya’ni global namespace’dan o’qiladi.
ExpensiveComponent
da tearing hodisasi
Agar ushbu misolni ishga tushirsak, biz render qiladigan ExpensiveComponent
ning beshta nusxasi uchun input’da kiritilgan bir necha tugmalarni yozganimizdan so’ng, ExpensiveComponent
komponentining count
uchun turli qiymatlar bilan renderlashini ko’ramiz.
Buning sababi, ExpensiveComponent
besh marta render qilinadi va har safar render qilinganda hisoblash qiymati boshqacha bo’ladi. React komponentlarni bir vaqtning o’zida render qilayotganligi sababli, ExpensiveComponent
komponenti count
uchun turli qiymatlar bilan render qilinishi mumkin, natijada foydalanuvchiga mos kelmaydigan ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Bu holat tearing deb ataladi va komponent dasturni renderlash davomida yangilanayotgan biror state’ga bog’liq bo’lganda yuzaga keladigan xatodir. Bu misolda ExpensiveComponent
count
o’zgaruvchisiga bog’liq va komponent hali renderlanayotgan paytda yangilanib, ilovaning nomuvofiq ma’lumot bilan renderlanishiga sabab bo’ladi.
Tearing hodisasi sababli, beshta ExpensiveComponent
nusxasi uchun quyidagi chiqish natijalarini ko’ramiz:
Expensive count is 568
Expensive count is 568
Expensive count is 569
Expensive count is 569
Expensive count is 570
Bunday bo’lishi tabiiy holat, chunki komponentning oldingi nusxalari renderlanadi, count
ning yangilangan qiymati tozalanadi/DOMga biriktiriladi va keyingi nusxalar yangi count
qiymatlari bilan render qilinishi va uzatilishi (tozalanishi, yangilanishi) davom etadi.
Bu katta muammo emas, chunki React oxir-oqibat mos keluvchi state’ni renderlaydi. Asosiy muammo quyidagi kabi misollarda yuzaga keladi:
<UserDetails id={user.id} />
Agar kod shunday bo’lsa va renderlar orasida foydalanuvchi global xotiradan o’chirilsa, bu xato albatta foydalanuvchini hayratga solishi mumkin. Mana shu sababli tearing muammo hisoblanadi.
Tearing muammosini hal qilish
Tearing muammosini hal qilish uchun, React useSyncExternalStore
deb nomlangan hook’ni taqdim etadi. Keling, ushbu hook’ni batafsil o’rganamiz.