useMemo’dan ehtiyotkorlik bilan foydalaning
Bir qarashda e’lon qilingan barcha o’zgaruvchilarni komponent ichida useMemo bilan o’rash jozibador ko’rinishi mumkin, lekin bu har doim ham foydali emas. useMemo asosan hisoblash jihatidan qimmatli bo’lgan operatsiyalarni memoizatsiya qilish yoki obyekt va massivlar uchun barqaror referenslarni saqlash uchun qimmatli hisoblanadi. Qator qiymatlar, masalan, string, number yoki boolean qiymatlar uchun useMemo ishlatish zarur emas. Chunki JavaScript’da bunday skalyar qiymatlar ularning haqiqiy qiymatlari orqali uzatiladi va taqqoslanadi, referens orqali emas. Shunday qilib, har safar siz skalyar qiymatni o’rnatasiz yoki taqqoslaysiz, bu haqiqiy qiymat bilan ishlashingizni anglatadi, referens bilan emas.
Bunday hollarda, useMemo funksiyasini yuklash va bajarish u optimallashtirishga harakat qilayotgan amaliyotdan ko’ra ko’proq qimmatga tushishi mumkin. Misol uchun, quyidagi misolni ko’rib chiqaylik:
const MyComponent = () => {
const [count, setCount] = useState(0);
const doubledCount = useMemo(() => count * 2, [count]);
return (
Count: {count}
Doubled count: {doubledCount}
Increment
Ushbu misolda, doubledCount o’zgaruvchisi useMemo yordamida memoizatsiya qilingan. Biroq, count skalyar qiymat bo’lganligi sababli, uni memoizatsiya qilish kerak emas. Buning o’rniga, biz ikkiga ko’paytirilgan hisobni to’g’ridan-to’g’ri JSX ichida hisoblashimiz mumkin:
const MyComponent = () => {
const [count, setCount] = useState(0);
return (
Count: {count}
Doubled count: {count * 2}
Increment
Endi, doubledCount memoizatsiya qilinmaydi, lekin komponent hamon bir xil hisoblashni kamroq xotira sarflab va ortiqcha xarajatlarsiz bajaradi, chunki biz useMemoni import qilmayapmiz va uni chaqirmayapmiz. Bu useMemoni kerak bo’lmagan joyda ishlatmaslik uchun yaxshi misol.
Ammo qo’shimcha ishlash samaradorligini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan narsa shuki, biz onClick tugmasidagi ishlov beruvchi(handler) funksiyani har bir renderda qaytadan yaratmoqdamiz, chunki u xotirada referens orqali uzatiladi. Ammo bu yerda haqiqatan ham muammo bormi? Keling, buni yaxshiroq ko’rib chiqamiz.
Ba’zilar onClickda ishlov beruvchi incrementni useCallback yordamida memoizatsiya qilishni tavsiya qiladi:
const MyComponent = () => {
const [count, setCount] = useState(0);
const doubledCount = useMemo(() => count * 2, [count]);
const increment = useCallback(
() => setCount((oldCount) => oldCount + 1),
[setCount]
return (
Count: {count}
Doubled count: {doubledCount}
Increment
Lekin, buni qilish kerakmi? Javob - yo’q. Bu yerda increment funksiyasini memoizatsiya qilishdan hech qanday foyda yo’q, chunki  brauzerning o’zini native elementi bo’lib bo’lib, u chaqirilishi mumkin bo’lgan React funksional komponenti emas. Shuningdek, uning ostida React qayta render qilishi mumkin bo’lgan boshqa komponentlar yo’q.
Bundan tashqari, React’ning o’zida mavjud bo’lgan yoki “host” komponentlar (div, button, input kabi) props (shu jumladan funksiya props’lari) bo’yicha maxsus komponentlardan bir oz farqli ravishda ishlaydi.
Ichki o’rnatilgan (built-in) komponentlar uchun props’larning ishlashi
Mavjud komponentlar uchun funksiyal props’lari qanday ishlashini ko’rib chiqamiz:
To’g’ridan-to’g’ri uzatish
Agar siz funksiya props’larini (masalan, onClick ishlov beruvchi(handler))ni ichki o’rnatilgan komponentga uzatsangiz, React uni bevosita real DOM elementiga uzatadi. Bu funksiyalar ustida hech qanday o’ram yoki qo’shimcha ish qilinmaydi.
Biroq, onClick va boshqa event’ga asoslangan props’lar uchun, React event’larni boshqarishda event delegatsiyasidan foydalanadi, to’g’ridan-to’g’ri DOM elementlariga event ishlov beruvchilarini biriktirmaydi. Bu shuni anglatadiki, siz React’dagi  kabi React’da mavjud elementga onClick ishlov beruvchisini berganingizda, React uni bevosita button’ning DOM tuguniga biriktirmaydi. Buning o’rniga, React barcha event’larni yuqori darajada, bitta event tinglovchisi(listener)ni ishlatib, ushlaydi. Bu tinglovchi dokumentning ildiziga (yoki React ilovasining ildiziga) biriktiriladi va u individual elementlardan kelib chiqadigan event’larni ushlash uchun “event bubbling” hodisasiga tayanadi. Bu usul samarali bo’lib, event ishlov beruvchilarini dastlabki sozlash vaqtini va xotira hajmini qisqartiradi. Har bir element uchun event ishlov beruvchilarini alohida boshqarish o’rniga, React bitta haqiqiy event tinglovchisi yordamida barcha shu turdagi event’larni (masalan, click) boshqarishi mumkin. Event sodir bo’lganda, React uni tegishli komponentga moslab, siz belgilagan ishlov beruvchilarga chaqiradi, bu jarayon esa kutilgan propagatsiya yo’li (expected propogation path) bo’ylab amalga oshadi. Shunday qilib, event’lar yuqori darajada ushlansa-da, ular xuddi tegishli elementlarga bevosita biriktirilgandek ishlaydi.
Ushbu “event delegation” tizimi React ilovasini yozayotganingizda asosan ko’zga tashlanmaydi; siz onClick ishlov beruvchilarini ular to’g’ridan-to’g’ri biriktirilgandek belgilaysiz. Biroq, uning ichki ishlash mexanizmida React event’larni boshqarishni siz uchun optimizatsiya qiladi.
Qayta render qilish xatti-harakati
Agar ichki o’rnatilgan(built-in) komponentlar qayta render qilingan yuqori darajadagi komponentning bir qismi bo’lmasa, funksiya props’lari o’zgarganida qayta render qilinmaydi. Misol uchun, agar ota komponent qayta render bo’lib, ichki o’rnatilgan komponentga yangi funksiyani props sifatida uzatsa, ichki o’rnatilgan komponent qayta render qilinadi, chunki uning props’lari o’zgardi. Biroq, bu qayta render bo’lish odatda juda tez bo’lib, profiling’da muammo bo’lmas ekan, optimallashtirish talab qilinmaydi.
Funksiyalar uchun virtual DOM taqqoslash yo’q
Ichki o’rnatilgan komponentlar uchun virtual DOM taqqoslashi props’larning o’ziga asoslangan. Agar siz “inline” funksiyani uzatsangiz (masalan, onClick={() => doSomething()}), har safar komponent qayta render qilinganda yangi funksiya yaratiladi, lekin React funksiyalarda o’zgarishlarni aniqlash uchun chuqur taqqoslash qilmaydi. Yangi funksiya DOM elementida eskisini almashtiradi, shuning uchun ichki o’rnatilgan komponentlarda ishlash samaradorligi ortadi.
Event pooling
React event handler’lar uchun event pooling’dan foydalanadi, bu esa xotiradagi ortiqcha yuklanishlarni kamaytiradi. Event pooling shuni anglatadiki, event handler’larga uzatilgan event obyekti sintetik event bo’lib, bu obyekt turli event’lar uchun qayta ishlatiladi, shu orqali chiqindi yig’ish(garbage collection) yukini kamaytiradi.
Custom va host komponentlar
Bu maxsus(custom) komponentlar bilan kuchli qarama-qarshilikdir. Agar siz maxsus komponentlarga yangi funksiyani prop sifatida o’tkazsangiz, bola komponenti sof(pure) komponent bo’lsa yoki memoizatsiya qo’llanilgan bo’lsa (masalan, React.memo bilan), u holda props’larda o’zgarishni sezishi sababli qayta render bo’lishi mumkin. Biroq, host komponentlar uchun React bunday ichki memoizatsiyani taqdim etmaydi, chunki bu ko’p hollarda foydasiz ortiqcha yuklama keltiradi. React natijaviy chiqargan real DOM elementlarida memoizatsiya tushunchasi yo’q; ular shunchaki xususiyatlar o’zgarganda yangi funksiya referensini yangilaydi.
Amalda, siz maxsus komponentlarga yangi funksiya nusxalarini o’tkazishda ehtiyot bo’lishingiz kerak, chunki bu qimmatga tushishi mumkin, lekin ichki o’rnatilgan komponentlar bilan bunday qilish kamdan-kam muammoga olib keladi. Biroq, har doim yangi funksiyalarni yaratish va ularga o’tkazish qanchalik ko’p bo’layotganiga e’tibor berish yaxshi, chunki keraksiz funksiya yaratish chiqindilarni to’plashga olib kelishi mumkin, bu juda yuqori chastotali yangilanishlar holatlarida ishlash samaradorligi muammosi bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, useCallback bu yerda yordam bermaydi va aslida foydasizdan ham yomonroq: u nafaqat hech qanday qiymat bermaydi, balki dasturimizga ortiqcha yuklama olib keladi. Bu useCallback import qilinishi, chaqirilishi va qaramliklarni o’tkazishi kerakligini anglatadi, so’ngra funksiyaning qayta hisoblanishi kerakmi yoki yo’qligini tekshirish uchun qaramliklarni taqqoslashi kerak. Bularning barchasi ishga tushirish murakkabligini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa dasturimizga ko’proq ziyon yetkazishi mumkin.
Xo’sh, unda useCallback uchun yaxshi misol nima? useCallback, agar sizda ko’p qayta render bo’lishi mumkin bo’lgan komponent bo’lsa va siz “callback”ni bola komponentiga o’tkazsangiz, ayniqsa, agar bola komponenti React.memo yoki shouldComponentUpdate bilan optimallashtirilgan bo’lsa, juda foydalidir. Callback’ning memoizatsiya qilinishi ota komponenti render qilinganda bola komponentining keraksiz qayta render bo’lishini oldini oladi.
useCallback misoli
Bu yerda useCallback foydali bo’lgan misol keltirilgan:
import React, { useState, useCallback } from "react";
const ExpensiveComponent = React.memo(({ onButtonClick }) => {
// Ushbu komponentni render qilish qiyin va keraksiz renderlardan qochishni xohlaymiz
// Biz bu yerda shunchaki og'ir ishni simulyatsiya qilmoqdamiz
const now = performance.now();
while (performance.now() - now < 1000) {
// Sun'iy kechikish -- 1000ms uchun bloklanadi
return Click Me;
const MyComponent = () => {
const [count, setCount] = useState(0);
const [otherState, setOtherState] = useState(0);
// Ushbu callback memoizatsiya qilingan va faqat count o'zgarganda o'zgaradi
const incrementCount = useCallback(() => {
setCount((prevCount) => prevCount + 1);
}, []); // Bog'liqliklar massiv
// Ushbu state yangilanishi MyComponent'ni qayta render qilinishiga sabab bo'ladi
const doSomethingElse = () => {
setOtherState((s) => s + 1);
return (
Count: {count}
<ExpensiveComponent onButtonClick={incrementCount} />
Do Something Else
Ushbu misolda:
• ExpensiveComponent: bu bola komponenti bo’lib, React.memo bilan o’ralgan. Bu demak, faqat uning props’lari o’zgarganda qayta render bo’ladi. Har bir render’da yangi funksiya nusxasini o’tkazmaslik kerak.
• MyComponent: ikkita state’ga ega: count va otherState.
• incrementCount: bu countni yangilaydigan callback. Bu useCallback bilan memoizatsiya qilingan, demak MyComponentning otherState’i o’zgarganda ExpensiveComponent komponenti qayta render bo’lmaydi.
• doSomethingElse: funksiyasi otherStateni o’zgartiradi, lekin u ExpensiveComponent yoki boshqa bolalarga o’tkazilmaydi, shuning uchun useCallback bilan memoizatsiya qilinishi shart emas.
useCallbackdan foydalanish orqali, MyComponent boshqa sabablarga ko’ra, ya’ni count bilan bog’liq bo’lmagan, qayta render bo’lganda ExpensiveComponentning keraksiz qayta render bo’lishini oldini olamiz. Bu, bolalar komponentini render qilish og’ir bo’lgan hollarda va render’lar sonini kamaytirish orqali ishlash samaradorligini optimallashtirishni xohlayotganda foydalidir.
Bu useCallbackdan keraksiz qayta render’larni oldini olish uchun qanday foydalanishni yaxshi misoli. Faqatgina og’ir komponentga o’tkaziladigan funksiya bir marta yaratiladi va qayta render’lar davomida bir xil manzilni saqlaydi. Bu og’ir komponentning keraksiz qayta render’larini oldini oladi. useCallback asosan funksiyalar uchun useMemo kabidir.
useMemo misoli
Keling, yana boshqa bir misolga qaraymiz:
const MyComponent = () => {
const dateOfBirth = "1993-02-19";
const isAdult =
new Date().getFullYear() - new Date(dateOfBirth).getFullYear() >= 18;
if (isAdult) {
return
You are an adult!
} else {
return
You are a minor!
Bu yerda biz useMemodan foydalanmayapmiz, asosan, komponentda state yo’q. Bu yaxshi! Lekin agar bizda quyidagicha qayta render qilishga sabab bo’ladigan input bo’lsa:
const MyComponent = () => {
const [birthYear, setBirthYear] = useState(1993);
const isAdult = new Date().getFullYear() - birthYear >= 18;
return (
Birth year:
{isAdult ?
You are an adult!
You are a minor!
Endi har bir klaviatura bosishida new Date() qayta hisoblanmoqda. Keling, buni useMemo bilan to’g’irlaymiz:
const MyComponent = () => {
const [birthYear, setBirthYear] = useState(1993);
const today = useMemo(() => new Date(), []);
const isAdult = today.getFullYear() - birthYear >= 18;
return (
Birth year:
{isAdult ?
You are an adult!
You are a minor!
Bu yaxshi, chunki today har bir marta komponent qayta render bo’lganda bir xil obyektga havola bo’ladi va biz komponent har doim bir kunda qayta render bo’ladi deb hisoblaymiz.
Agar foydalanuvchining soati yarim tun atrofida to’xtab qolsa, bu yerda bir oz muammo bor, lekin bu hozirgi paytda e’tiborga olishimiz mumkin bo’lgan kamdan-kam holatdir. Albatta, real ishlab chiqarish kodida yaxshiroq ishlarni amalga oshiramiz.
Bu misol kattaroq bir savolni yuzaga keltiradi: isAdult qiymatini useMemo bilan o’rab olishimiz kerakmi? Agar shunday qilsak, nima bo’ladi? Javob shundaki, buni qilmasligimiz kerak, chunki isAdult — bu skalyar qiymat bo’lib, xotira ajratishdan boshqa hech qanday hisoblashni talab qilmaydi. Biz .getFullYear ni bir necha marta chaqiramiz, lekin JavaScript dvigateli va React runtime’lari bularni biz uchun yanada samaraliroq ishlatishiga ishonamiz. Bu bir oddiy “assignment” bo’lib, boshqa hisoblashlar, masalan, saralash, filtr yoki “mapping”lar yo’q.
Ushbu holatda useMemo’dan foydalanish to’g’rimi?
Ushbu holatda, useMemodan foydalanmaslik kerak, chunki u ilovamizni tezlashtirishdan ko’ra sekinlashtirish ehtimoli ko’proq, chunki useMemo o’zini ishlatishdan kelib chiqadigan ortiqcha yuk, shu jumladan import qilish, chaqirish, qaramliklarni o’tkazish va keyin qiymatni qayta hisoblash kerakmi yoki yo’qligini taqqoslash bilan bog’liq. Bularning barchasi ishga tushirish murakkabligini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa dasturimizga ko’proq ziyon yetkazishi mumkin. O’rniga, React’ga tayinlaymiz va kerak bo’lganda, o’z optimizatsiyalari bilan komponentimizni aql bilan qayta render qilishiga ishonamiz.
Hozirgi vaqtda ilovalarimiz og’ir hisoblashlar mavjud bo’lsa ham tezroq qayta render qilish foydasiga ega, lekin bundan tashqari ko’proq narsalar qila olamizmi? Keyingi mavzuda, biz hozirgacha ko’rgan narsalar bir necha yildan keyin ahamiyatsiz bo’lishi mumkinligini ko’rib chiqamiz, chunki React jamoasi avtomatik ravishda memoizatsiyani ko’rib chiqish ustida ishlamoqda, bu esa bizga ortiqcha tafsilotlarni unutishga imkon beradi va o’z ilovalarimizga e’tibor berishimizga yordam beradi.