Bo’limni qisqacha takrorlash

Bundan avvalgi va ushbu boblar davomida biz React’ning turli jihatlarini, shu jumladan memoizatsiya, lazy loading, reducer’lar va state’ni boshqarish mavzularini muhokama qildik. Turli yondashuvlarning afzalliklari va ehtimoliy kamchiliklarini hamda ularning React ilovalari ishlash samaradorligi va qo’llab-quvvatlash qulayligiga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini o’rgandik.

Dastlab, Reac’da memoizatsiyani va uning komponentlarni render qilishni optimallashtirishdagi afzalliklarini muhokama qildik. React.memo funksiyasini va u orqali komponentlarni keraksiz qayta render qilishning oldini olishni ko’rib chiqdik. Shuningdek, memoizatsiya bilan bog’liq ehtimoliy muammolar, masalan, eski state va qaramliklarni diqqat bilan boshqarish zarurati haqida so’z yuritdik.

Keyin, React’da lazy loading haqida gaplashdik va uni ba’zi komponentlar yoki resurslarni faqat kerak bo’lganda yuklashni kechiktirish uchun qanday ishlatish mumkinligini ko’rsatdik. React.lazy va Suspense komponentlarini React ilovasida lazy loading’ni amalga oshirish uchun qanday qo’llash mumkinligini o’rgandik. Shuningdek, lazy loading’ning murakkablikni oshirishi va ehtimoliy ishlash samaradorlik muammolari kabi kamchiliklarini muhokama qildik.

Shundan so’ng, reducer’lar va ularni React’da state’ni boshqarish uchun qanday ishlatish mumkinligi haqida gapirdik. useState va useReducer o’rtasidagi farqlarni o’rgandik va state yangilanishlarini boshqarish uchun markazlashgan reducer funksiyasidan foydalanishning afzalliklari haqida so’z yuritdik.

Mavzularni muhokama qilish davomida biz o’z misollarimizdan foydalanib, tushunchalarni kod orqali tasvirlab berdik. Ushbu misollarning ishlash mexanizmini va ular React ilovalarining ishlash samaradorligi va qo’llab-quvvatlash qulayligiga qanday ta’sir qilishini o’rganib chiqdik.

Kod misollari va chuqur tushuntirishlar orqali biz ushbu mavzularni va ularni haqiqiy hayotdagi React ilovalarida qanday qo’llash mumkinligini yaxshiroq angladik.

Takrorlash uchun savollar

Ushbu bobda o’rganilgan tushunchalarni sinab ko’rish uchun o’zimizga bir nechta savollar beramiz:

  1. React’da memoizatsiya nima va u komponentlarni render qilishni optimallashtirish uchun qanday ishlatilishi mumkin?
  2. Reactd’a useReducerdan state’ni boshqarish uchun foydalanishning afzalliklari qanday va u useState dan qanday farq qiladi?
  3. React.lazy va Suspense komponentlaridan foydalanib, React ilovasida lazy loading qanday amalga oshirilishi mumkin?
  4. React’da memoizatsiyadan foydalanishda qanday muammolar yuzaga kelishi mumkin va ularni qanday bartaraf etish mumkin?
  5. useCallback hook’ini React’da komponentlarga prop sifatida uzatiladigan funksiyalarni memoizatsiya qilish uchun qanday ishlatish mumkin?

Keyingi bo’lim

Keyingi bobda biz server tomonida React’ni ko’rib chiqamiz — server tomonida render qilish, uning afzalliklari va kamchiliklari, hidratsiya, freymvorklar va boshqa mavzularga chuqurroq kirib boramiz.