Fiber’ga qayta tashrif
4-bobda yoritilganidek, “Fiber reconciler” React’da concurrent render qilish imkoniyatini ta’minlovchi asosiy mexanizm hisoblanadi. U React 16-versiyasida kiritilgan bo’lib, oldingi “stack reconciler” arxitekturasidan sezilarli farq qilar edi. Fiber reconciler’ning asosiy maqsadi React ilovalarining javob berish qobiliyati va unumdorligini, ayniqsa katta va murakkab foydalanuvchi interfeyslari uchun, yaxshilashdan iborat.
Fiber reconciler bu maqsadga render qilish jarayonini Fiber deb ataluvchi kichikroq va boshqarilishi osonroq ish birliklari(unit)ga bo’lish orqali erishadi. Bu React’ga render qilish vazifalarini pauza qilish, davom etish va ularni ustuvorlik asosida bajarish imkoniyatini beradi. Shu tarzda yangilanishlar muhimligiga qarab kechiktirilishi yoki rejalashtirilishi mumkin bo’ladi. Bu dasturiy ta’minotning javob berish qobiliyatini yaxshilaydi va muhim yangilanishlarning kamroq kamroq muhim bo’lgan vazifalar tomonidan to’silib qolmasligini ta’minlaydi.