DokumentatsiyaReactFreymvorklarFreymvork ishlatishning ijobiy va salbiy jihatlari

Freymvork ishlatishning ijobiy va salbiy jihatlari

Freymvorklar ko’plab afzalliklarga ega bo’lsa-da, ular ba’zi ijobiy va salbiy jihatlardan holi emas. Ushbu jihatlarni tushunish sizga freymvorkdan foydalanish va qaysi birini tanlash haqida qaror qabul qilishga yordam beradi:

O’rganish murakkabligi

Har bir freymvork o’ziga xos tushunchalar, API’lar va konvensiyalarga ega bo’lib, ularni o’rganish talab etiladi. Agar siz React’da yangi bo’lsangiz, freymvorkni bir vaqtda o’rganish murakkab bo’lishi mumkin, ammo baribir tavsiya etiladi. Agar siz allaqachon React bilan tanish bo’lsangiz, freymvorkning o’ziga xos xususiyatlari va API’larini o’rganish uchun vaqt sarflashingiz kerak bo’ladi.

Moslashuvchanlik va konvensiyalar o’rtasidagi farq

Freymvorkning qat’iy struktura va konvensiyalari foydali bo’lishi mumkin, ammo ba’zida cheklovlarga olib kelishi ham mumkin. Agar ilovangiz freymvorkning modeliga mos kelmaydigan o’ziga xos talablarga ega bo’lsa, freymvork sizga yordam berish o’rniga, unga qarshi kurashayotganingizni ko’rishingiz mumkin. Masalan, ba’zi holatlarda siz tezkor internet va zamonaviy brauzerga ega foydalanuvchilar uchun dastur qurayotgan bo’lsangiz, serverda render qilish yoki ma’umot olish talab qilinmasligi mumkin. Bunday holatlarda freymvorkdan foydalanish ortiqcha bo’lishi mumkin.

Qaramlik va majburiyat

Freymvorkni tanlash — bu majburiyatdir. Ilovangizni freymvorkning kelajagiga bog’lashni anglatadi. Agar freymvork qo’llab-quvvatlanmay qolsa yoki sizning ehtiyojlaringizga mos kelmaydigan yo’nalishga o’tsa, boshqa freymvorkga o’tish yoki mavjud freymvork kodini o’zingiz qo’llab-quvvatlashingiz haqida qiyin qarorlar qabul qilishingizga to’g’ri kelishi mumkin.

Abstraksiya yuklovi

Abstraksiyalar murakkablikni yashirish orqali ishlab chiqishni soddalashtirishi mumkin bo’lsa-da, ular o’ziga xos “sehr” yaratishi mumkin, bu esa ichki ishlash mexanizmlarini tushunishni qiyinlashtiradi. Bu debugging va ish faoliyatini optimallashtirishni qiyinlashtirishi mumkin. Bundan tashqari, har bir abstraksiya ishlash samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan qo’shimcha xarajatlar bilan keladi. Masalan, Next.js’dagi server actions misol bo’la oladi, bunda "use server" direktivasi qandaydir tarzda amalni serverda bajaradi. Bu ajoyib abstraksiya, lekin uning qanday ishlashini tushunish qiyin bo’lishi mumkin.

Mashhur React freymvorklari

Freymvorklardan nima uchun foydalanish kerakligi va ularning afzalliklari hamda kamchiliklarini tushungan holda, endi React ekotizimidagi maxsus freymvorklarga murojaat qilishimiz mumkin. Ushbu bobning keyingi qismlarida Next.js va Remix kabi mashhur tanlovlarni o’rganamiz. Har bir freymvork o’ziga xos xususiyatlar va afzalliklarga ega bo’lib, ularni tushunish sizga o’z ehtiyojlaringiz uchun to’g’ri vositani tanlashda yordam beradi.

Endi keling, ba’zi mashhur React frameworklarini o’rganamiz va ularning xususiyatlari, afzalliklari hamda ularning ijobiy va salbiy jihatlari haqida gaplashamiz. Har bir freymvork haqida qisqacha umumiy ma’lumotdan boshlaymiz, so’ngra ularning xususiyatlari va samaradorligini batafsil taqqoslaymiz. Shuningdek, loyiha uchun freymvork tanlashda e’tiborga olish kerak bo’lgan ba’zi omillarni ham muhokama qilamiz.