Bo’limni qisqacha takrorlash
Ushbu bobda biz React’dagi reconciliation tushunchasini o’rgandik va Fiber reconciler haqida ma’lumot oldik. Yana biz, Fiber’lar haqida ham o’rgandik, ular kuchli rejalashtiruvchi(scheduler) bilan birgalikda samarali va to’xtatiluvchan(interruptible) qilinishi mumkin bo’lgan render qilish imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, reconciliation jarayonining ikki asosiy bosqichi — render bosqichi va commit bosqichi haqida ma’lumot oldik. Nihoyat, reconciliation jarayonining commit bosqichini boshqarishga javobgar bo’lgan asosiy ma’lumotlar strukturasi bo’lmish — FiberRootNode
haqida o’rgandik.
Takrorlash uchun savollar
Quyidagi savollarga javob berib, ushbu bobdagi tushunchalarimizni sinab ko’ramiz:
- React reconciliation nima?
- Fiber ma’lumotlar strukturasining roli qanday?
- Nima uchun bizga ikkita daraxt kerak?
- Dastur yangilanganda nima sodir bo’ladi?
Agar ushbu savollarga javob bera olsak, React’dagi Fiber reconciler va reconciliation jarayonini tushunishda yaxshi yo’ldamiz.
Keyingi bo’lim
5-bobda biz React’dagi keng tarqalgan va ko’p duch kelinadigan savollarni ko’rib chiqamiz va ba’zi takomillashgan pattern’larni o’rganamiz. useMemo
ni qanchalik va qaysi holatlarda ishlatish kerakligi va React.lazy
dan qachon foydalanish haqida savollarga javob beramiz. Shuningdek, useReducer
va useContext
yordamida React ilovalarida state’ni boshqarishni o’rganamiz.