Bo’limni qisqacha takrorlash
Ushbu bo’limda biz React tarixini, uning dastlabki taklif qiladigan qiymatini va keng miqyosdagi xavfsiz bo’lmagan, prognoz qilinishi mumkin bo’lmagan va samarali bo’lmagan foydalanuvchi interfeysi yangilanishlarini qanday hal qilishini ko’rib chiqdik. Shuningdek, biz komponent modeli va uning veb interfeyslari uchun nima uchun inqilobiy bo’lganini muhokama qildik. Bu bo’limdan so’ng, siz React’ning kelib chiqishi va uning asosiy kuchli tomonlari haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishingiz kerak.
Takrorlash uchun savollar
Quyidagi savollarga javob berib, mavzularni yaxshiroq tushunganingizni tekshirib ko’ring:
- React’ni yaralishiga nima turtki bo’lgan?
- React qanday qilib MVC va MVVM kabi avvalgi pattern’larni yaxshiladi?
- Flux arxitekturasi nimasi bilan o’ziga xos?
- Deklarativ dasturlash abstraksiyalarining qanday afzalliklari bor?
- Virtual DOM qanday qilib samarali tarzda UI yangilanishlarini amalga oshiradi?
Agar siz ushbu savollarga javob berishda qiyinchilikka duch kelsangiz, ushbu bobni yana bir bor o’qib chiqishingizni tavsiya etamiz. Agar undan bo’lmasa, keling, keyingi bobni o’rganishga kirishamiz.
Keyingi bo’lim
Kelgusi bobda biz JSX — HTML ko’rinishidagi til va uning React’da qanday ishlashini batafsilroq o’rganamiz. JSX dastlab React uchun ko’p muammo keltirgan edi, lekin keyinchalik u veb interfeyslarini ishlab chiqishda ideal yo’l ekanligini isbotladi va kelajakdagi foydalanuvchi interfeyslari kutubxonalariga katta ta’sir ko’rsatdi.