useSyncExternalStore
useSyncExternalStore — bu React hook bo’lib, u tashqi state’ni ilovangizning ichki state’i bilan sinxronlash imkonini beradi. Bu ayniqsa, tearing’ni oldini olish kerak bo’lgan murakkab hisob-kitob operatsiyalari bilan ishlaganda foydalidir. useSyncExternalStore dagi “sync” so’zi ikki ma’noga ega: bu “sinxronlashtirish”ni ham, “sinxron”ni ham anglatadi, ya’ni store o’zgarganda sinxron yangilanishni majburiy qiladi.
useSyncExternalStore tarkibi
useSyncExternalStore hook’ining ko’rinishi quyidagicha:
const value = useSyncExternalStore(store.subscribe, store.getSnapshot);
store.subscribe
Bu callback funksiyasini birinchi va yagona argument sifatida qabul qiladigan funksiya. Ushbu funksiya ichida tashqi store’dagi o’zgarishlarga obuna bo’lib, store o’zgarganda callback funksiyasi chaqiriladi. Bu callback’ni React’ga yangi qiymat bilan komponentni qayta render qilishga undovchi chaqiriq sifatida ko’rish mumkin. Ushbu funksiyaning kutilgan natijasi — store’dan obunani bekor qiluvchi “cleanup” funksiyasidir.
subscribe funksiyasining oddiy ko’rinishi quyidagicha:
const store = {
subscribe(rerender) {
const newData = getNewData().then(rerender);
return () => {
// obunani bekor qilish
Buning uchun oddiy foydalanish misoli brauzer event’lariga obuna bo’lish, masalan, resize yoki scroll event’lari va ushbu event’lar sodir bo’lganda komponentni yangilash, masalan:
const store = {
subscribe(rerenderImmediately) {
window.addEventListener("resize", rerenderImmediately);
return () => {
window.removeEventListener("resize", rerenderImmediately);
Yuqoridagi misolda, brauzerning oyna hajmi o’zgarganda bizning React komponentlarimiz qayta render bo’ladi. Biroq, qanday qilib yangi qiymat olinadi? Buning uchun useSyncExternalStorening ikkinchi argumenti kerak bo’ladi.
store.getSnapshot
Bu tashqi store’ning joriy qiymatini qaytaradigan funksiya. Ushbu funksiya komponent renderlanganda chaqiriladi va qaytarilgan qiymat komponentning ichki state’ini yangilash uchun ishlatiladi. Ushbu funksiya sinxron chaqiriladi, shuning uchun u asinxron operatsiyalarni bajarmasligi yoki hech qanday side effect’ga ega bo’lmasligi kerak. Bu funksiya komponentning bir nechta nusxalarida render vaqtida state’ning mosligini ta’minlaydi.
Oyna hajmi bo’yicha misolimizga qaytsak, quyidagi kod joriy oyna hajmini olish usulini ko’rsatadi:
const store = {
subscribe(immediatelyRerenderSynchronously) {
window.addEventListener("resize", immediatelyRerenderSynchronously);
return () => {
window.removeEventListener("resize", immediatelyRerenderSynchronously);
getSnapshot() {
return {
width: window.innerWidth,
height: window.innerHeight,
Bu { width, height } obyekti oynaning joriy state’ining snapshoti bo’lib, useSyncExternalStore bu qiymatni qaytaradi. Ushbu obyektni komponentimizda ishlatishimiz mumkin va uning holati barcha bir paytda bajariladigan renderlarda mos kelishini ishonch bilan bilishimiz mumkin.
Bu ishonchni bizga nima beradi? Chunki immediatelyRerenderSynchronously funksiyasi sinxron ravishda qayta render qilishni majburlaydi va React’ga uni kechiktirishga ruxsat bermaydi. Bu tearing muammosini hal qilishning asosiy kalitidir.
Tearing muammosini useSyncExternalStore bilan hal qilish
Endi oldingi misolimizda tearing muammosini qanday hal qilishimiz mumkinligini useSyncExternalStore yordamida ko’rib chiqamiz. Eslasak, bizda tearing tufayli har xil qiymatlarda count o’zgaruvchisini qaytaruvchi bir nechta ExpensiveComponentlar mavjud edi. Endi bu muammoni useSyncExternalStore yordamida qanday hal qilishni ko’raylik.
Avvalo, biz store’gaga obuna bo’lishni va yangilanishlar sodir bo’lganda React’ni qayta render qilishni istamaymiz; buning o’rniga, qayta renderlash foydalanuvchi kiritishiga bog’liq bo’lganda, mos holatni olishni xohlaymiz. Shunday qilib, bizning subscribe funksiyamiz bo’sh bo’ladi, lekin mos holatni olish uchun getSnapshot funksiyasidan foydalanamiz va countning joriy qiymatini qaytarib beramiz:
const store = {
subscribe() {},
getSnapshot() {
return count;
useSyncExternalStore bilan yangilangan misol
Quyida oldingi misolimiz useSyncExternalStore bilan qanday ko’rinishga ega bo’lishi:
import { useState, useSyncExternalStore, useTransition } from "react";
let count = 0;
setInterval(() => count++, 1);
export default function App() {
const [name, setName] = useState("");
const [, startTransition] = useTransition();
const updateName = (newVal) => {
startTransition(() => {
setName(newVal);
return (
<ExpensiveComponent />
<ExpensiveComponent />
<ExpensiveComponent />
<ExpensiveComponent />
<ExpensiveComponent />
const ExpensiveComponent = () => {
// count’ni global o'qish o'rniga,
// barqaror holatni ta'minlash uchun ushbu hook’dan foydalanamiz
const consistentCount = useSyncExternalStore(
() => count
const now = performance.now();
while (performance.now() - now < 100) {
// Bu yerda hech narsa qilinmaydi
return <>Expensive count is {consistentCount}</>;
Endi ushbu misolni ishga tushirsak, ExpensiveComponentlar count uchun bir xil qiymat bilan renderlanadi, bu esa tearing’ning oldini oladi. useSyncExternalStore hook’i render vaqtida komponentning bir nechta nusxalari uchun state’ni bir xil bo’lishini ta’minlaydi.
Tearing muammosini hal qilishda subscribe funksiyasidan foydalanmaslik sababi
Biz subscribe funksiyasidan foydalanmaymiz, chunki uning maqsadi React’ga eng so’nggi state qiymatida qayta render qilish kerakligini aytishdir. Biroq, bizning misolimizda faqat barcha renderlar davomida state mos bo’lishini xohlaymiz. getSnapshot funksiyasini ishlatib, countning joriy qiymatini qaytarib olamiz va shu orqali komponentning bir nechta nusxalarida render vaqtida state’ning mos bo’lishini ta’minlaymiz.
Bu usulni oldingi misolimizda useSyncExternalStore bilan tearing muammosini hal qilish uchun qo’llash mumkin. Shu orqali komponentning bir nechta nusxalarida render vaqtida state’ning mos bo’lishini ta’minlay olamiz.
useSyncExternalStore bilan holatni moslash
Shunday qilib, matn kiritish maydoni o’zgarganda va ExpensiveComponent qayta render qilinganda, boshqa ExpensiveComponent nusxalari bilan bir xil count qiymatiga ega bo’ladi va tearing’ning oldi olinadi. Ammo, agar biz ExpensiveComponent ichida ham countni tashqi count bilan bir xil intervalda yangilamoqchi bo’lsak-chi?
Buning uchun quyidagi kabi bir store yaratamiz, bu store bir xil yangilanish qoidalariga amal qiladi:
import { useState, useSyncExternalStore, useTransition } from "react";
let count = 0;
setInterval(() => count++, 1);
const store = {
subscribe(forceSyncRerender) {
// count o'zgarganda
forceSyncRerender();
getSnapshot() {
return count;
export default function App() {
const [name, setName] = useState("");
const [, startTransition] = useTransition();
const updateName = (newVal) => {
startTransition(() => {
setName(newVal);
return (
<ExpensiveComponent />
<ExpensiveComponent />
<ExpensiveComponent />
<ExpensiveComponent />
<ExpensiveComponent />
const ExpensiveComponent = () => {
// count’ni global o'qish o'rniga,
// barqaror holatni ta'minlash uchun ushbu hook’dan foydalanamiz
const consistentCount = useSyncExternalStore(
store.subscribe,
store.getSnapshot
const now = performance.now();
while (performance.now() - now < 100) {
// Bu yerda hech narsa qilinmaydi
return <>Expensive count is {consistentCount}</>;
Endi, har safar count o’zgarganda, ExpensiveComponent yangi count qiymati bilan qayta renderlanadi va biz ExpensiveComponentning barcha nusxalarida bir xil count qiymatini ko’ramiz. O’zgarishlarni aniqlash logikasi oddiy yoki murakkab bo’lishi mumkin, lekin muhim jihati shundaki, useSyncExternalStore qanday ishlashini va uning asosiy vazifalarini tushunishimiz kerak:
• Bir vaqtning o’zida renderlar davomida mos state’ni ta’minlash
• Store’da o’zgarish bo’lganida sinxron qayta render qilishga majbur qilishlik
useSyncExternalStore va tearing muammosi
Endi useSyncExternalStore qanday ishlashini va tearing muammosini qanday hal qilishini tushunganimizdan so’ng, biz nafaqat React’da concurrent rendering haqida, balki u bilan bog’liq muammolarni hal qilish haqida ham mustahkam tushunchaga egamiz. Bu React dasturchisi sifatida juda muhim.
Bu narsalarni tushunishda biz ichkariga chuqurroq kirdik, lekin deyarli nihoyasiga yetdi. Keling, o’zlashtirganlarimizni bir eslab olamiz va xulosa qilamiz.