Qwik
Qwik — bu veb sahifalarni yuklashni optimizatsiyalash va foydalanuvchi interaktivligi hamda javob beruvchanligini ustuvor qilishga mo’ljallangan noyob freymvork. An’anaviy freymvorklardan farqli o’laroq, u veb sahifalarni mustaqil yuklanishi va talabga binoan o’zaro aloqada bo’lishi mumkin bo’lgan komponentlar to’plami sifatida ko’radi. Ushbu yondashuv sahifaning dastlabki yuklanish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi va umumiy foydalanuvchi bilan ishlash qulayligini yaxshilaydi.
Qwik bilan qurilgan veb ilovalar va saytlar juda kichik va doimiy dastlabki JavaScript hajmini (~1 kB) o’z ichiga oladi. Qwik saytining dastlabki yuklanadigan JavaScript miqdori doimiy, chunki bu Qwik yuklovchisi(loader)dir. Shu sababli, Qwik ba’zi doiralarda “O(1) freymvork” sifatida tanilgan, ya’ni ilovaning hajmiga qaramay, doimiy o’zgarmas yuklanish vaqtiga ega.
Dastlab, Qwik minimal JavaScript miqdorini yuklaydi, lekin keyinchalik kerak bo’lganda komponentlar va boshqa xatti-harakatlarni yuklaydi. Ushbu yondashuv Qwik’ga eng muhim komponentlarni birinchi bo’lib yuklashni ustuvor qilish imkonini beradi, bu esa tezroq dastlabki yuklanish va tezkor foydalanuvchi bilan ishlash qulayligini ta’minlaydi.
Davom ettiruvchanlik(resumability) xususiyati
Qwik’ning muhim xususiyati resumability (davom ettiruvchanlik qobiliyati)dir. Biz resumability’ni 6-bobda server tomonidagi React bobimizda ko’rib o’tgandik, lekin takrorlash uchun: resumability — bu serverda render qilingan sahifaning dastlabki holatining snapshot’ini klientga yuborish jarayonidir. Foydalanuvchi sahifani ochganda, ular ushbu statik snapshot bilan interaktivlikka kirishib turadi, keyin esa ko’proq interaktivlikka ehtiyoj tug’ilganda turli xatti-harakatlar talabga binoan yuklanadi. Ushbu mexanizm foydalanuvchiga tezkor interaktivlik imkonini beradi, bu ko’plab boshqa freymvorklarda mavjud emas.
Davom ettiruvchanlik hidratsiyadan ancha ustun hisoblanadi, chunki u komponentlarni ikki marta render qilishni talab qilmaydi. Bu shuningdek, server tomonidan render qilingan markup brauzerga o’tgandan so’ng va JavaScript sahifani yuklab olib hidratsiya qilgunga qadar bir vaqt davomida interaktiv bo’lmagan veb-saytlarning “ga’yrioddiy vodiy” holatidan qochishga yordam beradi. Qwik esa darhol ishga tushadi.
Qwik’ning boshqa freymvorklar bilan solishtirilishi
Qwik’ni React, Vue, Svelte yoki Solid kabi mashhur freymvorklar bilan taqqoslaganda bir qator farqlar yuzaga chiqadi. React va Vue ham komponentlarga asoslangan yondashuvni qabul qilsa-da, agar biz code-splitting texnikasini ishlatishda ehtiyot bo’lmasak, dastur uchun butun JavaScript to’plam paketini klientga birinchi navbatda yuborishimiz mumkin, bu esa ba’zan ko’plab megabaytlar zonasiga olib kelishi mumkin. Ushbu jarayon, ayniqsa katta ilovalar uchun, dastlabki yuklanish vaqtining uzayishiga sabab bo’lishi mumkin. Qwik esa, aksincha, faqat kerak bo’lganda komponentlar va event’larni yuklaydi, natijada tezroq dastlabki yuklanish va yanada tezroq javob beruvchanlikni ta’minlaydi. Qwik, shuningdek, dastlabki yuklashda barcha kerakli elementlarni oldindan yuklab olishni o’z ichiga olgan holda, kerakli vaqtda yuklanadigan elementlar uchun oldindan yuklashni juda aqlli qiladi, shunday qilib, hamma narsa dastlabki yuklashda oldindan yuklanadi, lekin faqat talabga binoan tahlil qilinadi va bajariladi.
Qwik, Svelte va Solid kabi, ishlash samaradorligiga e’tibor beradi, lekin buni turli usullar bilan amalga oshiradi. Svelte komponentlarni bevosita DOM’ni manipulyatsiya qiladigan juda samarali imperativ kodga kompilyatsiya qiladi, Solid esa komponentlar uchun yuqori tafsiliy darajali reaktivlik modelidan foydalanadi. Qwik esa reaktiv primitivlardan foydalangan holda, komponent yuklanishini optimallashtirishga va eng muhimlarini imkon qadar tezroq mavjud bo’lishini ta’minlashga e’tibor beradi.
Afzalliklari
Qwik dasturchilar uchun oson va intuitiv API taqdim etadi, bu komponentlarni belgilash va ular bilan ishlashni osonlashtiradi. Qwik komponentlari sintaksis va tuzilish jihatidan deyarli React komponentlariga o’xshashdir, chunki ular ham JSX (yoki TSX) yordamida ifodalanadi. Bu o’xshashlik dasturchilar uchun Qwik bilan ishlashni osonlashtiradi, ayniqsa, agar ular allaqachon React bilan tanish bo’lsalar.
Qwik shuningdek, React bilan hamkorlik imkoniyatini taqdim etadi, bu esa dasturchilarga React komponentlarini Qwik ilovalarida qwikify
yordamchi funksiyasi orqali ishlatish imkonini beradi. Bu hamkorlik, Qwik’dan foydalanmoqchi bo’lgan, lekin React kutubxonalarining boy ekosistemasi va vositalaridan foydalangan holda ishlashni xohlagan dasturchilar uchun muhim afzallikdir.
Qwik komponentga asoslangan va event’ga yo’naltirilgan arxitekturasi bilan zamonaviy veb-ishlab chiqishga yangicha yondashuvni taqdim etadi. Davom ettiruvchanlik va yuklashni ustuvor qilishga qaratilgan e’tibor uni React, Vue, Svelte va Solid kabi boshqa freymvorklardan farqli qiladi. Ushbu vositalarning har biri o’zining kuchli tomonlari va ishlatilish sohalariga ega, lekin Qwik’ning noyob xususiyatlari uni veb-ishlab chiqish freymvorklari maydoniga qiziqarli qo’shimcha sifatida ajratadi. U yuqori ishlash samaradorligi, foydalanuvchi markazida va samarali tarzda veb-ilovalarni yaratish uchun to’g’ri tanlov bo’lishi mumkin.
Kamchiliklari
Qwik’ning yagona kamchiligi shundaki, u hali ham nisbatan yangi va React, Vue yoki Angular kabi rivojlangan ekosistemaga ega emas. Biroq, u tezda rivojlanmoqda va o’sib borayotgan dasturchilar va hissadorlar jamoasiga ega. Qwik rivojlanishda davom etar ekan, uning boshqa freymvorklar bilan solishtirilishi va yanada kuchli ilovalarni yaratish uchun qanday ishlatilishi qiziq bo’ladi.