Umumiy pattern’lar

Bu texnologiyalarning barchasi — React, Angular, Qwik, Solid va Svelte — veb uchun boy, interaktiv foydalanuvchi interfeyslarini yaratish uchun mo’ljallangan yechimlar hisoblanadi. Ular o’zlarining falsafasi, metodologiyasi va amalga oshirish tafsilotlari bo’yicha farqlansalar-da, ularning umumiy maqsadlarini aks ettiruvchi bir nechta umumiy jihatlar mavjud.

Komponentga asoslangan arxitektura

Ushbu freymvorklar va kutubxonalar orasidagi asosiy umumiyliklardan biri komponentga asoslangan arxitektura qabul qilinganligidir. Komponentga asoslangan arxitekturada foydalanuvchi interfeyslari kichik qismlarga, ya’ni komponentlarga bo’linadi, va har bir komponent foydalanuvchi interfeysining aniq bir qismi uchun javobgardir.

Komponentlar o’z state’i va logikasini o’z ichida saqlaydi va ulardan murakkab foydalanuvchi interfeyslarini yaratish uchun kompozitsiya qilish mumkin. Ushbu modullilik kodni qayta ishlatish, ma’suliyatlarni ajratish va qo’llab-quvvatlash imkoniyatini yaxshilaydi. Ushbu freymvorklarning har birida komponentlar funksional bo’lishi mumkin va ular ko’pincha murakkab komponentlarni yaratish uchun birlashtirilishi, kengaytirilishi yoki bezatilishi mumkin.

Deklarativ sintaksis

React, Angular, Qwik, Solid va Svelte UI’larni belgilash uchun deklarativ sintaksisdan foydalanadi. Deklarativ yondashuvda dasturchilar UI ma’lum bir holat uchun qanday ko’rinishga ega bo’lishi kerakligini aniqlaydi, va freymvork o’sha holatga mos ravishda UI’ni yangilashni amalga oshiradi. Bu, UI yaratishda DOM manipulyatsiyalarini mustaqil bajarish zaruriyatini yo’q qiladi va dasturchilarni qiyin va xatolarga moyil bo’lgan jarayondan qutqaradi.

Ushbu texnologiyalarning barchasi deklarativ UI yozish uchun o’ziga xos shablon tilini taqdim etadi. React, Qwik va Solid JSX’dan foydalanadi; Angular o’zining HTML’ga asoslangan shablon sintaksisidan foydalanadi; Svelte esa HTML’dan ilhomlangan tilga ega.

Yangilanishlar

Ushbu kutubxonalar va freymvorklar barchasi dastur holatidagi o’zgarishlarga javob berish va foydalanuvchi interfeysini mos ravishda o’zgartirish mexanizmini taqdim etadi. React va Vue yangilanishlarni amalga oshirish uchun virtual DOM (vDOM) farqlash algoritmidan foydalanadi. Boshqa tomondan, Svelte komponentlarni DOM’ni to’g’ridan-to’g’ri yangilaydigan imperativ kodga kompilyatsiya qiladi. Angular esa, zonalar va kuzatiladiganlar(observables)ga asoslangan o’zgarishlarni aniqlash mexanizmidan foydalanadi.

Tez orada deyarli faqat React vDOM’dan foydalanishi va boshqa barcha freymvorklar turli xil signal usullaridan foydalanishi mumkin.

Usullar turli bo’lsa-da, maqsad bir xil: holat o’zgarishlariga javoban UI’ni samarali yangilash, murakkab DOM manipulyatsiyasini yashirib, dasturchilarni asosan dastur logikasiga e’tibor qaratishga imkon berish.

Lifecycle metodlari

React, Angular, Solid va Svelte komponentlarning turli lifecycle(hayotiy sikl)larida chaqiriladigan lifecycle metodlari yoki hook’larni taqdim etadi. Bu funksiyalar komponent birinchi marta yaratilganda, yangilanganida yoki DOM’dan olib tashlanishidan oldin chaqiriladi.

Dasturchilar ushbu metodlardan side effect’lar hosil qilish, resurslarni tozalash yoki props o’zgarishlariga qarab yangilanishlar kiritish uchun foydalanishi mumkin.

Ekotizim va vositalar

Har bir freymvork va kutubxona boy vositalar, kutubxonalar va resurslar ekotizimi bilan qo’llab-quvvatlanadi. Ular barcha zamonaviy JavaScript xususiyatlarini, jumladan ES6 sintaksisi, modullar, va Webpack hamda Babel kabi qurish vositalarini qo’llab-quvvatlaydi.

Ular TypeScript bilan yaxshi mos keladi, bu esa dasturchilarga turli xatolardan himoyalangan kod yozish va TypeScript’ning kuchli xususiyatlaridan foydalanish imkonini beradi.

Ushbu texnologiyalarning aksariyati yoki o’ziga xos dasturchi vositalari, yoki osonlik bilan mavjud dastur xatolarini tuzatish va profiling qilish vositalariga ega. Misol uchun, React va Angular’ning mashhur brauzerlar uchun dasturchi vositalari bunga yaxshi misol bo’la oladi.

React, Angular, Qwik, Solid va Svelte o’ziga xos kuchli tomonlar va falsafalarga ega bo’lsa-da, ularning umumiy maqsadlari bir xil: komponentga asoslangan arxitekturani taqdim etish, deklarativ UI’ni yaratish imkonini berish, holat o’zgarishlariga reaktivlikni ta’minlash, event’larni boshqarishni soddalashtirish, lifecycle metodlarini taqdim etish va boy JavaScript ekotizimi hamda zamonaviy dasturiy ta’minot vositalarini qo’llab-quvvatlash. Bu xususiyatlar va tushunchalar to’plami veb-dasturlashni yanada modulli, deklarativ va reaktiv paradigmalar tomon rivojlanishining dalili hisoblanadi.