Bo’limni qisqacha takrorlash
Ushbu keng qamrovli suhbat concurrent React haqida chuqur o’rganish bilan bog’liq bo’lib, Fiber reconciler, scheduler(rejalashtiruvchi), yangilanishlarni kechiktirish(defer updates), render yo’llari va yangi hook’lar, masalan, useTransition
va useDeferredValue
kabi ko’p jihatlarni qamrab oldi.
Biz Fiber reconciler haqida gaplashishdan boshladik, bu React’ning concurrent rendering mexanizmining yuragidir. Bu algoritm freymvorkning kichik ish birliklariga bo’lish va bajarish ustuvorligini boshqarish imkoniyatini ta’minlaydi, bu esa React’ga “to’xtatib bo’ladigan” va concurrent renderingni qo’llab-quvvatlash imkonini beradi. Bu React’ga murakkab va yuqori samarali ilovalarni silliq ravishda boshqarish qobiliyatiga katta hissa qo’shadi, foydalanuvchi interaktivligi og’ir hisob-kitoblar davomida ham javobgar bo’lishini ta’minlaydi.
Keyin, rejalashtirish va yangilanishlarni kechiktirish tushunchasiga o’tdik. Bu asosan React’ga ma’lum state yangilanishlarini boshqalariga nisbatan ustuvorlik qo’yishga imkon beradi. React past ustuvorlikdagi yangilanishlarni yuqori ustuvorlikdagilarni afzal ko’rgan holda kechiktirishi mumkin, shuning uchun katta yuklama ostida ham silliq foydalanuvchi bilan ishlash qulayligini saqlab qoladi. Misol sifatida, kelayotgan xabar yangilanishlari intuitiv ravishda rejalashtirilgan va UI’ni blok qilmasdan render qilingan chat ilovasi keltirildi.
Suhbat keyingi bosqichda render yo’llari(lanes), ya’ni React’ning concurrent xususiyatlaridagi markaziy tushuncha haqida bo’ldi. Render yo’llari — bu React’ning yangilanishlarga ustuvorlik berish va ularning bajarilishini samarali boshqarish uchun ishlatadigan mexanizmdir. Bu, React qanday yangilanishlarning zaruriy ekanini va darhol qayta ishlanishi kerakligini, qaysilarini esa keyinroqqa kechiktirilishi mumkinligini aniqlashning siridir. Tafsilotlarda, bu render yo’llari ko’p ustuvorliklarni samarali boshqarish uchun bitmasking usulidan qanday foydalanishligi haqida ta’kidlab o’tildi.
Keyin esa, React’da concurrent operatsiyalar uchun joriy etilgan yangi hook’lar — useTransition
va useDeferredValue
haqida muhokama qildik. Bu hook’lar o’zgarishlarni boshqarish va vaqtni talab qiluvchi operatsiyalar uchun yanada silliq foydalanuvchi bilan ishlash qulayligini ta’minlashga mo’ljallangan.
Birinchi navbatda useTransition
hook’i muhokama qilindi. Bu hook React’ga state’lar o’rtasida o’tishga imkon beradi va hatto yangi state tayyorlanishi uzoq vaqt oladigan bo’lsa ham, foydalanuvchi interfeysining tezkor javob beruvchan bo’lib qolishini kafolatlaydi. Boshqacha qilib aytganda, agar komponent hozirda render qilinayotgan bo’lsa, yangilanishni keyingi render sikliga kechiktirishga imkon beradi.
Shuningdek, useDeferredValue
hook’i haqida ham gapirdik. Bu hook komponentning kam muhim qismlarining yangilanishini kechiktiradi, shunday qilib noqulay foydalanuvchi bilan ishlash qulayligini oldini oladi. Aslida, bu React’ga yangi qiymat juda ko’p vaqt oladigan bo’lsa, avvalgi qiymatni bir oz uzoqroq ushlab turish imkonini beradi.
Nihoyat, biz concurrent’lik bilan bog’liq muammolarni, shu jumladan tearing (vizual nomuvofiqlik) muammosini ko’rib chiqdik va useSyncExternalStore
qanday qilib bir vaqtning o’zida bir nechta renderlar o’rtasida state’ni izchil saqlashga yordam berishini o’rgandik.
Suhbat davomida takrorlanuvchi mavzu React’ning murakkab, dinamik ilovalarni og’ir hisoblash bilan boshqarish strategiyalarining “nima” va “nega”larini tushunish edi. Shuningdek, dasturchilar bu strategiyalarni qanday qilib foydalanuvchi bilan ishlash qulayligini silliq va tezkor javob beruvchi qilish uchun qo’llashlari mumkinligini ko’rsatdi.
Takrorlash uchun savollar
Ushbu bobda o’rganilgan tushunchalarni sinab ko’rish uchun o’zimizga bir nechta savollar beramiz:
- Fiber reconciler nima va u React’da murakkab, yuqori samarali ilovalarni boshqarishga qanday yordam beradi?
- React’da yangilanishlarni rejalashtirish va kechiktirish tushunchasi qanday? Bu katta yuklama ostida silliq foydalanuvchi bilan ishlash qulayligini qanday saqlashga yordam beradi?
- React’da render yo’llari nima va ular yangilanishlarning ijrosini qanday boshqaradi? Bir nechta ustuvorliklarni boshqarish uchun render yo’llari qanday bitmasking’dan foydalanadi?
useTransition
vauseDeferredValue
hook’larining maqsadi nima? Har bir hook qanday vaziyatda foydali bo’lishini tavsiflang.useDeferredValue
dan foydalanish nojo’ya bo’lgan vaziyatlar qachon bo’lishi mumkin? Bu hook’lardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan ayrim afzallik va kamchiliklar nima?
Keyingi bo’lim
Endi siz React’ning concurrent xususiyatlari va uning ichki ishlashini chuqur tushunishingiz bilan, yuqori samarali ilovalarni qurishda uning to’liq potensialidan foydalanishga tayyorsiz. Endi biz keyingi bobda, Next.js va Remix kabi React ustiga qurilgan turli mashhur freymvorklarni o’rganamiz, bu esa ishalb chiqish jarayonini yanada soddalashtiradi, eng yaxshi amaliyotlar, konvensiyalar va qo’shimcha qulaylik va xususiyatlarni taqdim etadi.
Ushbu freymvorklar murakkab ilovalarni oson qurishga yordam berishi uchun mo’ljallangan, server rendering, routing va kodlarni bo’lib yuklash kabi ko’plab umumiy muammolarni hal qiladi. Ushbu freymvorklar kuchidan foydalanib, siz ilovangizning funksiyalarini va imkoniyatlarini qurishga e’tibor qaratishingiz mumkin, shu bilan birga optimal ishlash samaradorligi va foydalanuvchi bilan ishlash qulayligini ta’minlay olasiz.
Ushbu kuchli freymvorklar haqida chuqurroq o’rganish va React va uning ekotizimi yordamida kengaytiriladigan, samarali va funksional ilovalarni qanday qurishni o’rganish uchun tayyorlaning.