Server tomonda React (Server-side React)
React yaratilganidan beri sezilarli darajada rivojlandi. Garchi u dastlab klient tomonidagi(client-side) kutubxona sifatida boshlangan bo’lsa-da, vaqt o’tishi bilan server tomonida render qilish (SSR) talabi oshdi. Ushbu bobda biz buni qanday tushunish mumkinligini va Reactning faqat klient (client-only React) tomonidagi versiyasidan farqlarini ko’rib chiqamiz hamda React ilovalarimizni qanday yaxshilash mumkinligini o’rganamiz.
Oldingi boblarda muhokama qilganimizdek, React dastlab Meta tomonidan samarali va kengayuvchan foydalanuvchi interfeyslarini yaratish zarurati tufayli ishlab chiqilgan. 3-bobda bu qanday qilib virtual DOM orqali amalga oshirilishini ko’rib chiqdik, bu esa dasturchilarga UI komponentlarini osonlik bilan yaratish va boshqarish imkonini berdi. React’ning klient tomonidagi yondashuvi butun veb orqali tezkor va javob beradigan foydalanuvchi tajribalarini taqdim etdi. Biroq, veb rivojlanishda davom etar ekan, klient tomonida render qilishning cheklovlari yanada yaqqolroq ko’rina boshladi.